O‘zA O`zbek

10.10.2019 Chop etish versiyasi

Til - millat koʻzgusi

Til - millat koʻzgusi

Ona tili – millatning ruhidir. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilgan.

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 4-oktyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ham bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga koʻtarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qarorga koʻra, yurtimizning barcha goʻshalarida tilimizni madh etuvchi badiiy va madaniy-maʼrifiy tadbirlar, turli kechalar, anjumanlar, tanlovlar tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Qashqadaryo viloyati kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Harbiy aviatsiya bilim yurtida oʻtkazilgan “Til-millat faxri” mavzusidagi tadbir ham mazkur qaror ijrosiga bagʻishlandi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, oʻzbek tilini ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, ilmiy-ommabop kitoblar, darslik va oʻquv qoʻllanmalari, yangi lugʻatlar chop etilayotgani tilimizni yanada chuqurroq oʻrganishimiz, shu tariqa tafakkurimizni yuksaltirishimizga munosib hissa boʻlib qoʻshilmoqda. Jumladan, oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi amalda mamlakatimizda istiqomat qiluvchi boshqa millat va elat vakillari tillarining ravnaqi uchun ham huquqiy asos vazifasini oʻtaydi.

Tadbirda partiyaning viloyat kengashi tomonidan ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

photo5257992955283745557.jpg

487
Oʻ.BAROTOV, OʻzA