O‘zA O`zbek

12.09.2018 12:08 Chop etish versiyasi

Tibbiyot muassasasidagi talon-torojliklar fosh etildi

Tibbiyot muassasasidagi talon-torojliklar fosh etildi

8 dona “Damas” rusumli avtomashina hisobdan chiqarilganidan soʻng, hujjatlarni soxtalashtirish yoʻli bilan noqonuniy sotib yuborilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Departamentning Yangiyoʻl shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Yangiyoʻl tumani Tibbiyot birlashmasi sobiq mexanigi M. birlashma hisobida boʻlgan jami qiymati 74,4 mln. soʻmlik 8 dona “Damas” rusumli avtomashinalarni hisobdan chiqarilganidan soʻng, tegishli tartibda birja savdolari orqali sotmasdan, hujjatlarni soxtalashtirish yoʻli bilan noqonuniy sotib yuborganligi aniqlangan.

Shuningdek, birlashma mansabdor shaxslari tomonidan davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilgan smetada nazarda tutilmagan 420,5 mln. soʻm pul mablagʻlari ortiqcha sarflanib, byudjet va smeta-shtat intizomini buzganliklari holati aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Yangiyoʻl tuman Tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

OʻzA
1 346