O‘zA O`zbek

05.09.2018 13:15 Chop etish versiyasi

Tibbiy xizmat sifati yuksalmoqda

Tibbiy xizmat sifati yuksalmoqda

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi “Laylo Toshpoʻlatova Suyunovna” xususiy korxonasiga qarashli “Yevromed” klinik diagnostika markazi faoliyatidan aholi mamnun.

7.jpg

Asosan tashxis qoʻyish va davolashga ixtisoslashgan klinikaning barcha boʻlimlari xorijdan keltirilgan zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan. Bu yerda laboratoriya, fizioterapiya va diagnostika xizmatlari koʻrsatiladi. Bir paytda 15 bemor statsionar davolanish imkoniyatiga ega shifo maskanida 3 oliy toifali shifokor va 4 oʻrta tibbiyot xodimi xizmat qilmoqda.

– Prezidentimizning 2017-yil 1-apreldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori sogʻliqni saqlash tizimida xususiy sektor faoliyatini yanada rivojlantirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmi va turini oshirishni ragʻbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, –deydi klinika rahbari Sarvar Joʻrayev. – Klinikamizda bemorlar asosan statsionar tartibda davolanadi. Yaʼni, biror yengilroq kasallik boʻyicha ishdan uzilmagan holda davolanish uchun shifokor dori yozib berdi. Lekin uyingizda sharoit qoniqarli emas, ustiga ustak tajribali mutaxassis topishingiz ham muammo boʻlishi mumkin. Shifoxonada esa odam koʻp. Shunday hollarda bizning markazimiz eng yaqin yordamchi boʻladi. Bu yerda hamma narsa yetarli. Zamonaviy yotoq joy, sifatli tibbiy xizmat, mutaxassis maslahati va hokazo. Kredit mablagʻi evaziga soʻnggi rusumdagi tibbiy uskunalar oʻrnatganmiz. Bu, oʻz navbatida, bemorlarga yuqori aniqlikda tashxis qoʻyish va davolashda qoʻl kelmoqda.

Oʻ.Barotov, J.Norqobilov (surat), OʻzA
1 682