O‘zA O`zbek

01.08.2018 17:38 Chop etish versiyasi

Tibbiy xizmat sifati oshmoqda

Tibbiy xizmat sifati oshmoqda Qizilqum javohiri — Uchquduq tumanida aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasining markaziy shifoxonasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar ham aholi uchun qulaylik yaratayotir. Bu yerda jami 80 o‘rinli yuqumli kasalliklar, terapiya, jarrohlik, bolalar hamda homilador ayollar xastaligi, ginekologiya, shoshilinch tibbiy yordam, reanimatsiya bo‘limlari tashkil qilingan.

Joriy yilda tug‘ruqxona bo‘limi ham ish boshladi. Mazkur maskan “Salomatlik-3” loyihasi doirasida 255 million 873 ming so‘mlik zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi.

4.jpg

7 (2).jpg


Siroj Aslonov (surat) O‘zA
2 581