Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.02.2017 18:46 Chop etish versiyasi

Tibbiy va ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lida

Poytaxtimizda “Aholining tibbiy va ekologik madaniyatini shakllantirishda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi hamda Toshkent shahar salomatlik va tibbiy statistika instituti hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, tabiatni muhofaza qilish, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi a’zosi Q.Nosirov, Toshkent shahar salomatlik va tibbiy statistika instituti direktori o‘rinbosari A.Nizomov va boshqalar mamlakatimizda aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilishda jamoat va mutasaddi tashkilotlarning ishtirokini kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Davra suhbatida atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qonunlar va qonun osti hujjatlarining mazmun mohiyati hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktabda, jamoatchilik orasida muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish atrof-muhit musaffoligini ta’minlashda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda keng samara berishi ta’kidlandi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
469






Все о погоде - Pogoda.uz