O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Tibbiy niqoblar Rossiyaga eksport qilinmoqda

Tibbiy niqoblar Rossiyaga eksport qilinmoqda

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi “Arnasoy baraka chevarlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati tikuvchilik sexi sanitariya-gigiyena talablariga qaʼtiy rioya qilib, koronavirus karantini davrida ham faoliyatini davom ettirmoqda.

Korxona tikuv sexiga zamonaviy rusumdagi 50 ta tikuv mashinasi oʻrnatilgan. Koronavirus kasalligi tarqalishi global muammoga aylangan bugungi kunda tibbiy niqoblarga talab oshib ketgani hisobga olinib, korxonada ushbu buyumning 3 xil turini tikish yoʻlga qoʻyilgan.

Mahsulotlar ichki ehtiyojdan tashqari, xorijga ham chiqarilayotgani korxonani karantin davrida iqtisodiy inqirozdan asrab qoldi.

Korxona chevarlari kuniga ikki smenadi 30-35 ming dona tibbiy niqob ishlab chiqarmoqda. Korxonaning tumandagi Doʻstlik mahallasida 35 nafar tikuvchi ikki smenada mehnat qilayotgan filialida esa ichki bozor ehtiyoji uchun tibbiy niqoblar ishlab chiqarilmoqda.

747
T. BEKNAZAROV, OʻzA