O‘zA O`zbek

08.09.2018 11:46 Chop etish versiyasi

“The Drive“ nashri Rossiyaning yangi quroliga “Sokin oʻlim” deya taʼrif berdi

“The Drive“ nashri Rossiyaning yangi quroliga “Sokin oʻlim” deya taʼrif berdi

The Drive“ nashrida chop etilgan maqolada Rossiyada yangi ishlab chiqilgan 2B25 “Gall” minomyoti dushmanni shovqinsiz magʻlub etishi, bu amalga oshmagan taqdirda safda jiddiy tartibsizlikni keltirib chiqarishi mumkinligi aytiladi.

“Qorongʻu tushishi bilan shaxsiy tarkib baza atrofida patrul xizmatini boshlaydi. Ayni shu vaqtda olisdan boʻgʻiq qarsillash eshitiladiyu, xizmatdagilar 2B25 “Gall“ning qayerdan uchib kelayotgani nomaʼlum boʻlgan snaryadlari yomgʻiri ostida qoladi...”

Maqola mualliflari 2B25 “Gall“ning ehtimoliy hujumda qoʻllanilishini shunday tasvirlay turib, yangi qurolning afzal tomonlari va kamchiliklariga toʻxtalgan:

“Qurolning shovqin chiqarmasligi unga oʻrnatilgan maxsus porshen sababdir. Shuningdek, minomyot qoʻllanilganda undan zarbali toʻlqin va tutun chiqmaydi. Ammo, texnologiyaning radiusi chegaralangan. Texnik tavsifga koʻra, 2B25 “Gall“ 1200 metrgacha moʻljal olish imkoniyatga ega, otish tezligi 1 daqiqada 15 tagacha, vaziyatga qarab bu koʻrsatkich 30 tagacha yetishi mumkin...”

Malohat Husanova, OʻzA
2 483