O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

“Tez yordam” loyihasi: yurak nuqsoni bor bemorlarda koronavirusni qanday davolash mumkin?

“Tez yordam” loyihasi: yurak nuqsoni bor bemorlarda koronavirusni qanday davolash mumkin?

Bu savolga “Milliy” telekanalida efirga uzatilgan “Tez yordam” koʻrsatuvida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Yurak-qon tomir jarrohligi boʻlimi mudiri Abdusalom Abdurahmonov quyidagicha javob berdi:

– Yurak nuqsoni bor bemorlarda koronavirus aniqlangan taqdirda osma ukol olish mumkin emas. Ular kardiologlar nazoratidan oʻtgan holda koronavirusga qarshi davolanishi kerak. Shuningdek, qoʻshimcha ravishda peshob haydovchi dorilar isteʼmol qilishi lozim. Ayrim yurak kasalligi bilan ogʻrigan bemorlar yurak klapanini almashtirish kabi operatsiyalarni boshdan kechirgan boʻladi. Bu bemorlar odatda qonni suyultiradigan dorilar, jumladan, varfarin dori vositasini isteʼmol qiladi. Agarda bu bemorlar virus sabab shifoxonada davolanishni davom ettirsa varfarin oʻrniga geparin yoki fraksiparin qabul qilishi mumkin. Qon koʻrsatkichlari esa doimiy nazoratga olinishi kerak.

Yurak kasalligini oldini olishning yagona yoʻli – sogʻlom turmush tarziga qatʼiy amal qilish. Jumladan, ichmaslik, chekmaslik, toʻgʻri ovqatlanish va yugurish, agarda yugurishning iloji boʻlmasa koʻproq yurishga harakat qilish muhim.

2 098
OʻzA