Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.01.2017 17:40 Chop etish versiyasi

Jondor tumani tez tibbiy yordam bo‘limi yangi binoda ish boshladi

Buxoro viloyati Jondor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tez tibbiy yordam bo‘limi qurilishiga 1,2 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Bu yerda shifokor va hamshiralarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 160 mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadigan bo‘limga “Salomatlik-3” loyihasi doirasida zamonaviy “Nissan” rusumli reanimobil avtomobillari ham topshirildi.

– Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimiga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli tuman va shaharlardagi tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda, – deydi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Buxoro viloyati hududiy byurosi direktori Salim Rahimov. – 2016-yilda 2 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga Vobkent tumani, Kogon va Buxoro shaharlaridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi. Bu to‘g‘ri tashxis qo‘yish asosida kasalliklarni erta aniqlash, yangi texnologiyalarni joriy etish orqali davolash samaradorligi va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish imkoniyatini kengaytirmoqda.

Erkin Yodgorov, O‘zA
1 328






Все о погоде - Pogoda.uz