Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 15:44 Chop etish versiyasi

Termizda barpo etilgan “Amudaryo” sport-sog‘lomlashtirish maskanining navbatdagi bosqichi foydalanishga topshirildi

Termizda barpo etilgan “Amudaryo” sport-sog‘lomlashtirish maskanining navbatdagi bosqichi foydalanishga topshirildi Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, o‘quvchi va talabalar, ota-onalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov va boshqalar mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, iste’dod va salohiyatini namoyish etishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekanini alohida ta’kidladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida ham ushbu ulug‘vor ishga alohida e’tibor qaratilgan.

Termiz tumanidagi “Termiz marvaridi sanatoriysi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tubdan rekonstruksiya qilinib, odamlarning fizioterapevtik va ma’danli suvlar bilan salomatligini tiklashi uchun barcha qulaylik yaratildi. Oltinsoy tumanidagi Xo‘jaipok oltingugurt suvi negizida yangi sanatoriy qurish ishlari boshlandi. Joriy yilda Surxondaryo daryosi sohilida foydalanishga topshirilgan 6 gektarlik “Amudaryo” sport-sog‘lomlashtirish maskanining 200 o‘ringa mo‘ljallangan birinchi bosqichini bunyod etish uchun 35 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi. Bu yerda bunyod etilgan zamonaviy sport maydonchalari, axborot-resurs markazi, tibbiyot majmuasi, yozgi amfiteatr, rangli favvoralar bolalarni sog‘lomlashtirish, jismonan chiniqtirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish, bilimini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu yilgi mavsumda mingga yaqin o‘g‘il-qiz ushbu so‘lim go‘shada yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazdi.

Termizda barpo etilgan “Amudaryo” sport-sog‘lomlashtirish maskanining navbatdagi bosqichi foydalanishga topshirildi

Yangi maskanning 17 gektar maydondagi ikkinchi bosqichida 30 milliard so‘m mablag‘ evaziga bolalar va kattalar uchun sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, yopiq va ochiq suzish havzalari, futbol, voleybol maydonlari, turli xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qad rostladi. Baxshilar maktabi barpo etildi. Navqiron avlodning milliy san’atimiz va hunarmandlik namunalarini puxta o‘rganishi, kitob mutolaa qilishi, o‘zlari qiziqqan yo‘nalishda salohiyatini keng namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratildi.

– Tashlandiq, qamishzor maydonning qisqa vaqtda shunday obod va ko‘rkam hududga aylanishi mumkinligi xayolimizga ham kelmagan, – deydi mehnat faxriysi S.Yusupova. – Endi bu yer nafaqat farzandlarimiz, balki biz, keksalar uchun ham miriqib suhbat quradigan, sport bilan mashg‘ul bo‘ladigan, qisqacha aytganda, hordiq chiqaradigan so‘lim maskanga aylandi. Qarang, ko‘m-ko‘k tovlanib turgan suv havzasining uzunligi 800, eni 50 metr. Suv havzasi bo‘yida issiqda toblanish uchun qumli maydonchalar ham tashkil etilgan. Bu salomatlik uchun g‘oyat foydali. Mana bu maydonda to‘p surayotgan bolalarning shodon kulgisidan, yam-yashil maydonlaru, manzarali daraxtlar, turfa gulzorlar, xizmat ko‘rsatish nuqtalarining orastaligidan ham ko‘nglingiz yayraydi. O‘zingizni xuddi xorijdagi biror dam olish maskaniga borib qolgandek his etasiz. Yurtimizda odamlar manfaati yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday o‘zgarish va yangilanishlar bardavom bo‘lsin.

Zamonaviy sog‘lomlashtirish maskani atrofida bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish-obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.Murodov so‘zga chiqdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA
2 071






Все о погоде - Pogoda.uz