O‘zA O`zbek

01.08.2020 Chop etish versiyasi

Termizda arzon uy-joy olib berish evaziga pul talab qilgan mahalla raisining oʻrinbosari ushlandi

Termizda arzon uy-joy olib berish evaziga pul talab qilgan mahalla raisining oʻrinbosari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Surxondaryo viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Termiz shahar “D” (MFY nomi va ism-familiyalar qisqartirilgan) MFY raisining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari S.S. fuqaro X.J.ga Termiz shahar Guliston mahallasida qurilgan 2 sotixli 2 xonali arzon hovli uylardan birini tanishlarining yordami bilan olib bergani evaziga undan 500 AQSH dollari berishni talab qilib, shundan 3 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining
168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

2 711
OʻzA