Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.06.2018 12:59 Chop etish versiyasi

Termizda Abay Qo‘nonboyev ijodigabag‘ishlab adabiy kecha o‘tkazildi

Termizda buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodigabag‘ishlab“Ezgulik va do‘stlik kuychisi” mavzuida adabiy kecha o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2018 yil 13 martdagi “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazi hamda viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shoir-yozuvchilar, olimlar, adabiyot ixlosmandlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbek va qozoq xalqlari azaldan yon qo‘shni va og‘a-ini bo‘lib, ahil-inoq yashab kelmoqda. Ikki qardosh xalq o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va adabiy aloqalar mustahkamligida Abay ijodining o‘ziga xos o‘rni bor. Chin insoniylik, mehr-oqibat, do‘stlik va totuvlik kabi ulug‘ fazilatlar keng tarannum etilgan asarlari o‘zbek kitobxonlari tomonidan sevib mutolaa qilinmoqda. Buyuk mutafakkirning qalblardan chuqur joy olgan xalqona tildagi “O‘lanlari” teran mazmuni va jozibadorligi bilan kitobxonni o‘ziga maftun etadi.

– Bugungi globallashuv davrida yoshlarimizning Abay ijodiga katta qiziqish bildirayotgani quvonarlidir, – deydi Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazi rahbari M.Abdushukurov. – Zotan, buyuk qozoq mutafakkirining xalqona uslubdagi serqirra ijodi yoshlarni Vatanga muhabbat, azaliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etayotir. Ulug‘ shoir asarlarini targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbirlarda, ayniqsa, talaba-yoshlarning faol ishtirok etayotgani bunga yaqqol misoldir.

Adabiy kechada Termiz davlat universiteti talabalari shoir she’rlaridan o‘qidi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
1 346