O‘zA O`zbek

14.01.2020 Chop etish versiyasi

Termizda 60 nafar chegarachi oila aʼzolari bilan yangi uylarga koʻchib oʻtdi

Termizda 60 nafar chegarachi oila aʼzolari bilan yangi uylarga koʻchib oʻtdi

Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni Oʻzbekiston DXX Chegara qoʻshinlarining Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlarida xizmat qilayotgan 60 nafar harbiy xizmatchisi va ularning oila aʼzolari uchun qoʻshaloq bayramga aylandi.

Termiz shahrida sarhadlarimiz posbonlari uchun barpo etilgan uch qavatli beshta zamonaviy uy foydalanishga topshirildi.

14.jpg

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda soʻnggi paytlarda Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan harbiylar va ularning oila aʼzolarini har taraflama ijtimoiy himoya qilib, munosib turmush sharoiti yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlandi. Buning uchun mamlakatimizning chekka hududlarida ham barcha sharoitlarga ega zamonaviy uy-joylar barpo etilib, tinch, obod hayotimiz qoʻriqchilariga topshirilayotgani eʼtirof etildi.

1.jpg

– Vatan himoyachilari kuni arafasida Sherobod tumanida xizmat qilayotgan yigirmadan ortiq chegarachilarimiz yangi uylarga koʻchib oʻtgan edi, – deydi podpolkovnik A.Mengliqulov. – Viloyat markazida yana 60 oilaga yangi uylarning kaliti tantanali topshirildi. Chekka va togʻli Bobotogʻ massivida sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlayotgan chegarachilar uchun qurilgan zamonaviy uylarni ham oʻz egalariga topshirishga hozirlik koʻrilmoqda. Bularning barchasi Vatanimiz sarhadlarini tashqi xavf-hatarlardan ishonchli himoya qilayotgan mard, jasur chegarachilar va ularning oila aʼzolariga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar samarasidir.

5.jpg

Xonadonlarda yaratilgan sharoitlardan chegarachilarning uy bekalari ham juda mamnun.

– Yangi uy oilamiz uchun bayramga munosib sovgʻa boʻldi, – deydi shartnoma asosida xizmat qilayotgan serjant F.Toshevning turmush oʻrtogʻi S.Turdiyeva. – Ikki farzandimiz bor. Shu paytgacha ijarada yashab kelayotgan edik. Endi oʻz uyimizga ega boʻldik. Xonalar shinam va zamonaviy usulda jihozlangan. Oshxonada ham barcha qulaylik bor. Termizning qishdagi sovuq va yozdagi issiq haroratiga moslashtirilgan. Albatta, bizning bunday xonadonda yashashimiz turmush oʻrtogʻimning oiladan koʻngli toʻq oʻz xizmat vazifasini yanada xotirjam bajarishida muhim oʻrin tutadi.

8.jpg

Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Toʻra Bobolov soʻzga chiqdi.

2.jpg

1 798
Xolmoʻmin MAMATRAYIMOV, Jonibek QOʻZIMURODOV (surat), OʻzA