Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.12.2017 19:42 Chop etish versiyasi

“Termiz” MFYda zamonaviy mahalla guzari foydalanishga topshirildi

“Termiz” MFYda zamonaviy mahalla guzari foydalanishga topshirildi Termiz tumanidagi “Termiz” mahalla fuqarolar yig‘inida zamonaviy mahalla guzari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkiliy asoslarini takomillashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash va nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

23.jpg

Prezidentimizning 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Ushbu mahalladagi 849 oilada turli millatga mansub 3 ming 490 dan ortiq aholi ahil-inoq hayot kechirmoqda. Guzarda barcha sharoitga ega mahalla idorasi, ijtimoiy dorixona, tibbiyot punkti, savdo do‘koni va sartaroshxona, profilaktika inspektorining xizmat uyi qurilgan.

15.jpg

Zamonaviy usulda jihozlangan mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosida xodimlar va profilaktika inspektori uchun barcha sharoit yaratilgan. Keng va yorug‘ majlislar zali va boshqa xonalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan.

12.jpg

– Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan yangi inshootlar hayotimiz tobora to‘kin bo‘lib borayotganidan dalolat, – deydi “Termiz” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Abdurahmon Xurramov. – Bu ishlar aholining uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qiladi. Shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorlik tizimini mustahkamlash va boshqa ijtimoiy-ma’naviy masalalarda olib borayotgan ishlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA
778






Все о погоде - Pogoda.uz