O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

10.09.2018 11:04 Chop etish versiyasi

“Termiz marvaridi”ning yangi qiyofasi

“Termiz marvaridi”ning yangi qiyofasi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida Termiz tumanidagi Uchqizil mavzesida yirik dam olish maskanini qurish taklifini bergan edilar.

photo5238010847572372058.jpg

Ushbu taklif va tashabbusdan soʻng “Termiz marvaridi” dam olish maskanini qurish boshlandi. Qurilish ishlarini “Oʻzbekgidroenergo” va “Toʻpalang HPD holding” huzuridagi “Toʻpalang HPD Building” jamiyati bajardi.

photo5238010847572372059.jpg

Dam olish maskanida 40 oʻrinli zamonaviy koʻrinishdagi 3 qavatli bino, oilaviy dam oluvchilar uchun kottejlar, 120 oʻrinli restoran, 100 kishilik 3D-kinoteatr, osh markazi hamda maxsus kabobxonalar, “barbekyu“lar barpo etildi. Albatta, dam olish maskanida bolalar va kattalar uchun choʻmilish havzasi ham mavjud. Musiqali favvoralar, raqs maydonlari qurildi. Shuningdek, Surxondaryoning qadimiy Sangardak sharsharasini eslatuvchi sharshara yaratildi.

Uchqizil choʻlida qad rostlagan dam olish maskani bir vaqtning oʻzida 200 nafar dam oluvchiga xizmat koʻrsatadi. Mazkur dam olish maskani faqat dam olish uchungina emas, balki bir vaqtning oʻzida davolanish imkoniyatini taqdim etadi. Dam olish maskanining barcha xonalar zamonaviy taʼmirlanib, kerakli jihozlar bilan taʼminlandi.

OʻzA