O‘zA O`zbek

15.05.2019 22:50 Chop etish versiyasi

Termiz garnizonida harbiy qismlarning jangovar shayligi tekshirilmoqda

Termiz garnizonida harbiy qismlarning jangovar shayligi tekshirilmoqda

Qurolli Kuchlar Bosh shtabi tomonidan Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlarda boʻlinmalarning jangovar tayyorgarligi toʻsatdan tekshirish boʻyicha inspektorlik mashgʻulotlari boshlandi. 

Kecha, 14 may kuni ertalabki saharda berilgan “Trevoga” signalidan soʻng, garnizonda joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatlariga keltirildi. 

Mashgʻulotlarning dastlabki bosqichida garnizon hududidagi harbiy obyektlarni qoʻriqlash va himoya qilish rejimi kuchaytirilib, boʻlinmalarning harbiy texnikalarda “Termiz” poligoniga chiqib ketishi taʼminlandi. 

Poligonga chiqqan boʻlinmalar mobil boshqaruv punktlarini yoyib, ishga tushurdi. Tekshiruv davomida harbiy xizmatchilarning taktik tayyorgarligi, topografiya, maxsus tayyorgarlik, ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish va boshqa fanlar boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkazilishi boshlandi.

Bir necha kun davom etadigan toʻsatdan tekshiruvni oʻtkazishdan maqsad batalyon taktik guruhlarining jangovar shayligi, harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi, harbiy texnika va qurol-aslahalardan unumli foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalari sinaladi.

Toʻsatdan tekshiruv davom etmoqda.

photo_2019-05-14_21-13-33.jpg

photo_2019-05-14_21-05-47.jpg

photo_2019-05-14_21-14-06.jpg

photo_2019-05-14_21-14-11.jpg

photo_2019-05-14_21-06-55.jpg

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

OʻzA
635