O‘zA O`zbek

08.09.2018 13:52 Chop etish versiyasi

“Termiz – Dushanbe”, “Denov – Dushanbe”, “Samarqand – Panjikent” yoʻnalishida xalqaro avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi

“Termiz – Dushanbe”, “Denov – Dushanbe”, “Samarqand – Panjikent” yoʻnalishida xalqaro avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Oʻzbekiston va Tojikistoning uchta shahri oʻrtasida xalqaro avtobus yoʻnalishlari ochilgani haqida Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

9 sentabr kuni Tojikistonda davlat mustaqilligining 27 yilligi keng nishonlanadi. Ushbu tantanali sana munosabati bilan ikki davlat xalqlariga qulaylik yaratish maqsadida bugun, 8 sentabrdan boshlab “Termiz – Dushanbe”, “Denov – Dushanbe”, “Samarqand – Panjikent” yoʻnalishida xalqaro avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

“Termiz – Dushanbe” xalqaro avtobus yoʻnalishining masofasi 251 km.

• manzilga sarflanadigan vaqt – 5 soatu 39 daqiqa;

• yoʻlkira haqi tashuvchilar tomonidan Termizdan Dushanbegacha – 70 ming soʻm;

• Dushanbedan Termizgacha 70 somoni.

“Denov – Dushanbe” xalqaro avtobus yoʻnalishidning masofasi 107 km.

• manzilga sarflanadigan vaqt – 2 soat 25 daqiqa;

• yoʻlkira haqi tashuvchilar tomonidan Denovdan Dushanbegacha 40 ming soʻm.

• Dushanbedan Denovnacha 40 somoni.

“Samarqand – Panjikent” xalqaro avtobus yoʻnalishining masofasi 64 km.

• manzilga sarflanadigan vaqt 1 soatu 25 daqiqa.

• yoʻlkira haqi tashuvchilar tomonidan Samarqanddan Panjikentgacha 20 ming soʻm;

• Panjikentdan Samarqandgacha 20 somoni.

OʻzA
1 771