Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.08.2018 22:10 Chop etish versiyasi

Temir yo‘lchilarning “eng yaxshi yil ayoli” aniqlandi

Temir yo‘lchilarning “eng yaxshi yil ayoli” aniqlandi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Yil ayoli – 2018” milliy tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shayotgan, jamiyat hayotida faol, har tomonlama ibratli temiryo‘lchi ayollarni aniqlash, ularning ilg‘or hayoti va ish tajribasini ommalashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

1.jpg

Tanlov yakuniga ko‘ra, Gran-pri Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti katta o‘qituvchisi Nodira Xo‘jayevaga topshirildi. “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati bosh mutaxassisi Saida Mustafayeva birinchi, Samarqand temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji direktori o‘rinbosari Iroda Pardayeva ikkinchi va Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli muhandisi Parshagul Abduqodirova uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, “Yilning eng namunali boshlang‘ich tashkiloti raisi”, “Yilning eng bilimli pedagog ayoli”, “Yilning eng fidoyi tibbiyot xodimi”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli”, “Korxona faxri bo‘lgan yil ayoli”, “Xotin-qizlar o‘rtasida sport va sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi faolligi uchun”, “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

8 (1).jpg

G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Muhammad Amin (surat) O‘zA
4 460