O‘zA O`zbek

14.07.2020 Chop etish versiyasi

Telegramda ming AQSH dollari yutib olish mumkinmi?

Telegramda ming AQSH dollari yutib olish mumkinmi?

“Salom, 1000 AQSH dollari miqdoridagi mablagʻni yutib olishni istaysizmi? Telegram orqali roʻyxatdan oʻting va yutuqqa ega boʻling”.

Shu koʻrinishdagi xabar balki sizga ham kelgandir. Unday boʻlsa bilingki, bu kiber firibgarlarning navbatdagi nayranglaridan biri. Roʻyxatdan oʻtishingiz bilan sizga telegramdan kod raqamlari keladi, ularni yutuq tarqatuvchi “saxovatchi”larga yuborishingizga toʻgʻri keladi. Aldanib yuborishingiz bilan, bilingki, ular telegram tarmogʻingizga, yaʼni sizdagi telefon raqamlar roʻyxatiga ega boʻladi. Sizga esa tabiiyki, vaʼda qilingan ming AQSH dollari berilmaydi. Afsuski, koʻpchilik bugun ana shunday nayranglarga chuv tushmoqda.

Bu kabi kiber firiblarning turli koʻrinishlari bugun tez-tez uchrab turibdi. Ularga aldanmang va oddiy kibergigiyenaga rioya qiling.

Sizga tegishli boʻlgan raqamlar faqatgina sizga tegishlidir. Ularni nomaʼlum aloqa raqamlariga yubormang. Shubhali, viktorinalarda ishtirok etmang. Elektron pochta, telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarning kirish soʻzlarini sir tuting va oson “parol”lardan foydalanmang.

64 607
OʻzA