O‘zA O`zbek

25.08.2018 18:06 Chop etish versiyasi

Teatr yangi binoda ish boshladi

Teatr yangi binoda ish boshladi
Nukusda mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida Sapar Xoʻjaniyozov nomidagi qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining qayta taʻmirlangan binosi foydalanishga topshirildi.

Teatrning ochilish marosimida davlat va jamoat arboblari ishtirok etdi. Mazkur sanʻat dargohi bundan 40 yil avval ish boshlagan. Teatr jamoasi ijodiy chiqishlari bilan qator yutuqlarga erishgan.

1990 yilda Toshkent shahrida oʻtkazilgan I hududiy Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston yosh tomoshabinlar teatrlari, 1998 yilda Toshkent shahrida oʻtkazilgan I xalqaro “HUMO”, 2007 yilda 1-7 aprel kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida oʻtkazilgan Folklor va milliy teatrlar xalqaro festivallarida, shu yilda Misr davlatida oʻtkazilgan teatr festivallarida va boshqa tadbirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazov teatrga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi – “Damas” avtomashinasi kalitini topshirdi.

Y.Qanoatov, M. Habibullayev (surat), OʻzA
2 228