O‘zA O`zbek

23.05.2019 11:22 Chop etish versiyasi

TDYuU talabalari Davlat xizmatlari agentligi faolitiyaga keng jalb qilinadi

TDYuU talabalari Davlat xizmatlari agentligi faolitiyaga keng jalb qilinadi

Buning uchun kuni kecha Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jaev va Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashdi.

Ma’lum etilishicha, mazkur hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Davlat xizmatlari sohasiga yuqori malakali kadrlarni jalb etish. 

TDYuU talabalarini faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirish maqsadida seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, ochiq eshiklar kunlari va mehnat yarmarkalarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Davlat xizmatlari agentligi huzurida TDYuU talabalarining darsdan so‘ng nazariy bilimlarini amaliyotda yanada mustahkamlashi uchun kelgusida Davlat xizmatlari agentligi qoshida maxsus “Klub” tashkil etish rejalashtirilgan.

O‘zA
398