O‘zA O`zbek

24.09.2020 Chop etish versiyasi

“Tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashish oyligi”: 5 kunlik oʻrganishlarda 365 ta nizoli oilalar bilan profilaktik ishlar olib borildi

“Tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashish oyligi”: 5 kunlik oʻrganishlarda 365 ta nizoli oilalar bilan profilaktik ishlar olib borildi

Samarqandda “Tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashish oyligi” oʻtkazilayotganligi toʻgʻrisida xabar bergan edik.

Tadbirga 661 nafar IIO xodimlari (profilaktika inspektorlari hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar) va 842 nafar jamoatchilik vakillari jami 1503 kishidan iborat iborat ishchi guruh jalb etilgan boʻlib, 5 kun davomida 3305 ta oilalar oʻrganildi.

5 kunlik oʻrganishlar davomida 365 ta nizoli oilalar bilan profilaktik ishlar olib borildi, ushbu oilalarda 47 muammo aniqlanib, shundan 25 tasi joyida ijobiy hal etildi, 29 ta holatda notinchlikka barham berildi, 11 ta holatda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar oʻzaro yarashtirildi.

Viloyat IIB xabariga koʻra, tadbir davomida oila turmush munosabatlari doirasida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan 16 ta shaxslar aniqlanib, hududiy profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar tomonidan jabrlangan xotin-qizlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3-son Qaroriga asosan tegishli tartibda “Himoya orderlari” rasmiylashtirilib, mazkur qaror hamda orderda belgilangan cheklov talablari boʻyicha batafsil huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, viloyat hududida yashovchi xotin-qizlarimizni xar qanday tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish maqsadida, tadbir davomida mahalla hamda sektorlar kesimida tazyiq va zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar roʻyxatlari shakllantirilmoqda.

Maxsus profilaktik tadbirlar viloyat boʻylab davom etmoqda.

1 131
O'zA