O‘zA O`zbek

12.11.2019 Chop etish versiyasi

TAYINLOV. Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentiga mudir tayinlandi

TAYINLOV. Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentiga mudir tayinlandi

Abdugappor Karimjonovich Kirgizbaev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi. 

Eslatib o‘tamiz, Departament Prezidentning 2019 yil 21 oktabrdagi PF-5850-son Farmoniga asosan tashkil etilgan. Davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish Departamentning asosiy vazifalaridan sanaladi.

Abdugappor Kirgizbaev shu paytgacha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati edi.

908
O‘zA