O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

TAYINLOV: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Bosh direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi tayinlandi

TAYINLOV: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Bosh direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Bozorov Muhammadjon Muxtorali o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i, Bosh direktorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

M. Bozorov 2013 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalida faoliyat yuritgan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.



308
O‘zA