O‘zA O`zbek

12.09.2018 18:30 Chop etish versiyasi

Taxtaqoracha dovonida sayyohlik axborot markazi ochildi

Samarqand viloyatining Urgut tumani va Qashqadaryoning Kitob tumanini bogʻlab turuvchi Taxtaqoracha dovonida sayyohlik axborot markazi ochildi.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Taxtaqoracha dovonida sayyohlik infratuzilmasini takomillashtirish, mahalliy va xorijlik turistlarga keng imkoniyatlar yaratish borasida tegishli dastur asosida ish olib borilmoqda.

Axborot markazi ham ana shu dasturda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan tashkil etildi. Bu yerda sayyohlar oʻzlari uchun zarur maʼlumotlarga ega boʻlishi mumkin.

Shuningdek, dovonda mobil sanitariya va gigiyena shoxobchalari ham oʻrnatildi.

Gʻolib Hasanov, OʻzA
1 127