O‘zA O`zbek

19.08.2018 22:42 Chop etish versiyasi

Taxiatoshliklar Davlat xizmatlari markazi faoliyatidan rozimi?

Taxiatoshliklar Davlat xizmatlari markazi faoliyatidan rozimi?
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari zamon bilan hamnafas ravishda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, Davlat xizmatlari markazi tumanda imkoni chegaralangan, keksa va nogiron fuqarolar tomonidan telefon orqali qilingan murojaatlari bo‘yicha, kerakli xizmatlarni xonadonlariga borib sayyor tartibda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tadbirlari amalga oshirayotgani ko‘pchilikka manzur bo‘layotir.

Joriy yilning 10-avgust kuni 1975ғyilda tug‘ilgan 1 guruh nogironi Rayxan Ametova sog‘ligi tufayli o‘zi mustaqil ravishda turli idoralarga bora olmayotgani aytib murojaat qildi. Telefon orqali qilingan murojaatdan so‘ng markaz mutaxassislari ushbu xonadon egasining “Oila a’zolari bilan birga yashab kelayotgan xanodonining kadastr hujjati yoki hokimning turar joy qurish uchun yer ajratish to‘g‘risidagi qarori mavjud emasligi, bir necha yillardan bu haqda turli tashkilotlarga murojaat qilganini, ammo o‘z yechimini topmasdan kelayotgani”, haqidagi bildirishnomasini ijobiy hal etdi.

Ya’ni, sayyor davlat xizmatini ko‘rsatish uchun shu kunning o‘zidayoq davlat xizmatlari xodimlari uning xonadonida bo‘lishdi. Rayxan Ametovaga qishloqda joylashgan xonadoniga egalik huquqini berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatildi.

Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi muntazam yo‘lga qo‘yilgan.

A.Orazimbetov,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi
Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i

O'zA
2 568