O‘zA O`zbek

26.09.2020 Chop etish versiyasi

Tataristonda ishlash shartlari va tartiblari eʼtiborda

Tataristonda ishlash shartlari va tartiblari eʼtiborda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Tatariston Respublikasi Mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya vazirligi oʻrtasida Hamkorlik bitimi imzolandi

Xabaringiz bor, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.

Bugun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat delegatsiya Tatariston Respublikasi Mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya vazirligi rahbariyati bilan uchrashdi.

photo_2020-09-26_20-16-37.jpg

Uchrashuvda ikki mamlakatning azaliy mavjud aloqalarini rivojlantirish va chuqurlashtirishda mintaqalararo hamkorlikning ahamiyati, Tatariston Respublikasi hududida fuqarolarimizning vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun tashkiliy asosda tanlab olish va ishga joylashtirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Tatariston Respublikasi Mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya vazirligi oʻrtasida bandlik va mehnat migratsiyasi sohasida Hamkorlik bitimi imzolandi.

Hamkorlik bitimida mehnat migratsiyasi, xususan bandlik va mehnat inspeksiya xizmatlari boʻyicha tajriba almashish, Rossiya qonunchiligidan kelib chiqqan holda fuqarolarimizning Tatariston Respublikasi hududida ishlash shartlari va tartiblari kabi masalalarga eʼtibor qaratilgan.

1 122
OʻzA