O‘zA O`zbek

12.01.2019 11:26 Chop etish versiyasi

Tashqi ishlar vazirlari Samarqandga kelmoqda

Tashqi ishlar vazirlari Samarqandga kelmoqda

Avval xabar berganimizdek, 12-13 yanvar kunlari Samarqand shahrida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining Afgʻoniston ishtirokida ilk uchrashuvi boʻlib oʻtadi. 

Unda Hindiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari, Qozogʻiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari ishtirok etishi kutilmoqda.

3.JPG

Bugun ertalab Samarqand temiryoʻl vokzalida Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov va Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy kutib olindi. 

5.JPG

Boshqa ishtirokchilar ham bugun kunning ikkinchi yarmida Samarqandga kelishi kutilmoqda.

6.JPG

Asosiy tadbirlar ertaga, 13 yanvar kuni oʻtkaziladi. Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida oʻtadigan uchrashuvda davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmini oshirishga koʻmaklashish, transport va logistikani rivojlantirish, sanoat, energetika, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligining muhim tarmoqlariga investitsiyalar, innovatsiya va texnologiyalar jalb qilish boʻyicha hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari, shuningdek, madaniyat, ilm-fan, taʼlim va turizm sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

9.JPG

Vazirlarning birinchi uchrashuvi yakunlari boʻyicha Qoʻshma bayonot qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

10.JPG

Gʻolib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), OʻzA
975