Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.08.2018 16:43 Chop etish versiyasi

Tashqi ishlar vaziri elchi Shiri Shiriyevni qabul qildi

Tashqi ishlar vaziri elchi Shiri Shiriyevni qabul qildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkmanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Shiri Shiriyevni qabul qildi.

Vazirlik axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, suhbat chog‘ida Vazir Turkmaniston elchisi mamlakatimizda faol va sermahsul faoliyat yuritganini qayd etdi. Bugun ikki davlat rahbarlari rahnamoligida sifat jihatdan yangi strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan o‘zaro manfaatli O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlarini kengaytirish va chuqurlashtirishdagi uning qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

Shiri Shiriyev, o‘z navbatida, O‘zbekiston tomoniga o‘zining elchi sifatidagi samarali faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik izhor etdi.

O‘zA
2 424