O‘zA O`zbek

24.09.2020 Chop etish versiyasi

Tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz

Tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz

Men Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishini katta qiziqish bilan kuzatdim. 

U xalqaro hamjamiyatni yoshlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro standartlarni ishlab chiqishga, xususan, bunga BMT ning yoshlar huquqlari haqidagi Konvensiyasini qabul qilish orqali erishishga chaqirdi.

Biz bu mavzuning dunyodagi eng yosh mintaqa hisoblangan Markaziy Osiyo uchun ayniqsa dolzarb ekanini yaxshi bilamiz. Bu yerda aholining oʻrtacha yoshi 28,6 ni tashkil etadi. Oʻzbekistonda esa, mintaqa aholisining qariyb 50 foizi istiqomat qiladi va 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar soni aholining 60 foizini tashkil etadi.

Xususiy xalqaro huquq boʻyicha Gaaga konferensiyasi farzandlikka olish, oila munosabatlari, bolalar huquqlarini himoya qilish masalalarini tartibga soladigan gumanitar konvensiyalari orqali bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish ishiga oʻz hissasini qoʻshadi.

Har yili tashkilotimiz tomonidan qabul qilinadigan hamda xususiy shaxslar va tijorat tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan konvensiyalar butun dunyoda qoʻllaniladi.

Biz tashkilotimizga aʼzo davlatlarning bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq boʻlgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu muhim tashabbuslarini muhokama qilishda faol ishtirok etamiz, degan umiddaman.

Kristof Bernaskoni,
Xalqaro xususiy huquq boʻyicha
Gaaga konferensiyasi
Bosh kotibi.

935
O'zA