O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 15:43 Chop etish versiyasi

Tashabbuskorlar tanlovi

Tashabbuskorlar tanlovi Navoiyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2018” koʻrik-tanlovining shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ishbilarmon yurtdoshlarimiz faoliyatini oʻrganish va keng targʻib etish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilayotgan mazkur anʼanaviy tanlovda 40 ga yaqin tadbirkor va hunarmand ishtirok etdi.

“Vial” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Joʻraboy Jiyanovsanoat sohasida “Yilning eng yaxshi tadbirkori” boʻldi. U rahbarlik qilayotgan korxonada “Vial Navoiy” brendi ostida zamonaviy temir eshiklar ishlab chiqarilmoqda. Xizmat koʻrsatish sohasida “Vagus” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Anzura Xirocheva “Yilning eng yaxshi tadbirkori” sifatida eʼtirof etildi. “Umid Navoiy” xususiy korxonasi rahbari Umid Pardayev esa “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” nominatsiyasi gʻolibligiga sazovor boʻldi.

“Yilning eng yaxshi hunarmandi” yoʻnalishida Navoiy kon-metallurgiya kombinati qoshidagi bolalar ijodiyoti markazining badiiy keramika toʻgaragi rahbari Faxriddin Saʼdullayev gʻolib deb topildi.

Siroj Aslonov (surat) OʻzA