Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.02.2017 15:23 Chop etish versiyasi

Tashabbuskor ayollar bahsi

Qibray tumanida “Yilning eng faol ayoli” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tanlovda partiya tashkilotlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor, tanlovning tuman va shahar bosqichlarida eng yuqori natija ko‘rsatgan ayollar ishtirok etdi.

Partiya viloyat kengashi raisi R.Tolipov va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, ularning bu boradagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Jamiyatda xotin-qizlarning roli hamda ijtimoiy mavqeini yanada oshirish, bilim va kasb mahoratini mustahkamlash, fidoyi ayollarni rag‘batlantirish partiyaning ustuvor vazifalaridan. An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning nufuzi yildan-yilga ortib bormoqda.

Tanlov ishtirokchilarining siyosiy-huquqiy bilimi, faol fuqarolik pozitsiyasi, siyosiy partiyalarga oid milliy qonunchilik va xalqaro tajribadan xabardorligi, yetakchilik va notiqlik qobiliyati sinovdan o‘tkazildi.

Parkent tumanidan Muhabbat Akbarova birinchi o‘rinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Angren shahridan Muqaddam Bekmurodova ikkinchi, Piskent tumanidan Salimaxon Akbarova uchinchi o‘ringa munosib, deb topildi.

Ikrom Avvalboyev, O‘zA
1 990






Все о погоде - Pogoda.uz