O‘zA O`zbek

29.05.2020 Chop etish versiyasi

TASHABBUS QANOT YOZDI: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Berdaq hayoti va ijodini oʻrganadi

TASHABBUS QANOT YOZDI: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Berdaq hayoti va ijodini oʻrganadi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi chogʻida har bir adib haykalini muayyan oliy oʻquv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar bergan edi.

Bu boradagi ishlar boshlab yuborildi.

Kuni kecha Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Adiblar xiyobonida shoir, qoraqalpoq adabiyoti asoschisi Berdaq haykali oldida uchrashuv oʻtkazdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yoshlar ishtirok etgan tadbirda Berdaqning hayoti, ijodi, gʻoyalari va umr yoʻli eslandi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti pedagogik jamoasi va talaba-yoshlari Berdaq hayoti va ijodi bilan bogʻliq boʻlgan loyihalar boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi. Tadbir davomida Berdaqning hayoti va ijodini yana-da chuqur oʻrganish, uni keng jamoatchilikka targʻib qilish va yoshlarning adabiyotga boʻlgan qiziqishini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Endilikda Berdaq hayoti va ijodini Toshkent pediatriya tibbiyot instituti mutaxassislari chuqur oʻrganadi va targʻib qiladi.

738
OʻzA