O‘zA O`zbek

30.08.2018 20:39 Chop etish versiyasi

“Tashabbus – 2018” koʻrik-tanloviga marhamat!

Hurmatli kichik biznes subyektlari va hunarmandlar!

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 avgustdagi farmoyishi, Toshkent shahar hokimining 2018 yil 20 avgustdagi qaroriga asosan Oʻzbekiston RespublikasiPrezidentining sovrini uchun oʻtkaziladigan “Tashabbus – 2018” koʻrik-tanlovining tuman bosqichlari 10 sentyabrdan 21 sentyabrgacha, Toshkent shahar bosqichi esa 24 oktyabrda Olmazor tumanidagi “Zarqaynar” milliy liboslar galereyasi binosida oʻtkaziladi.

Ushbu koʻrik-tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan kichik biznes subyektlari va hunarmandlar tuman tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlariga murojaat etishini tavsiya etamiz.

Murojaat uchun telefonlar: 236-78-45, 233-74-94, 233-46-71.

4 952