O‘zA O`zbek

12.11.2019 Chop etish versiyasi

Tarmoqlarda tarqalgan video bo‘yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi

Tarmoqlarda tarqalgan video bo‘yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi

Kuni kecha Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro M.Akbarovaning videomurojaati tarqaldi va ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ayol videomurojaatda prokuratura xodimi Raxmatullaev Shavkat Shermatovichdan 19 ming AQSh dollari miqdordagi pullarini qaytarib olib berishni so‘ragan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan ushbu videomurojaat o‘rganilgan. Aniqlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumani sudining hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan sudlangan Sh.Raxmatullaevdan jabrlanuvchi M.Akbarova foydasiga 13 ming AQSh dollari undirish haqidagi ijro hujjatiga asosan 2019 yil mart oyida Majburiy ijro byurosi Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan 13,8 million so‘m undiruvchi M.Akbarovaga tilxat asosida topshirilgan.

Shuningdek, Bosh prokuraturaning aralashuvi bilan joriy yilning aprel oyida qarzdordan undiruvchi M.Akbarovaning talabiga asosan 13 ming AQSh dollari davlat kursi bo‘yicha hisoblanib, ilgari qoplangan 13,8 million so‘mdan qolgan 96 million so‘m pul mablag‘i undirilib, M.Akbarovaga tilxat asosida topshirilgan va ijro hujjati ijrosi amalda to‘liq ta’minlangan.

Fuqaro Sh.Raxmatullaev haqiqatda 2000 yilga qadar prokuratura organlari tizimida ishlab kelgan. Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan prokuratura organlaridan bo‘shatilgan.

823
O‘zA