O‘zA O`zbek

15.08.2018 12:08 Chop etish versiyasi

Tarjimon o‘z yurti tarixini yaxshi bilishi kerak (+foto)

Tarjimon o‘z yurti tarixini yaxshi bilishi kerak (+foto)

Samarqand shahridagi 1-Mehribonlik uyida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

2.JPG

“Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand shahar bo‘limi va O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tasarrufidagi “G‘alaba” o‘quv sport-texnik klubi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Vatan himoyasi, tinchlik qadri, mustaqillik tushunchalari mushtarak ekani ta’kidlandi. Bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish, uni asrab-avaylash, jamiyatdagi har bir jarayonga daxldorlik hissi bilan yashash lozimligi yoshlarga uqtirildi.

6.JPG

Tadbirda faol ishtirok etgan o‘g‘il-qizlarga turli mavzudagi kitoblar tuhfa etildi.

7.JPG

– Kitob mutolaa qilish jon-u dilim, – deydi muassasa tarbiyalanuvchisi Dildora Baxtiyorova. – Tadbir tashkilotchilari “Buyuk salohiyat sohibi” deb nomlangan kitob sovg‘a qilishdi. Bundan juda xursandman. Hozir muassasamizda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garakda ingliz tilini o‘rganyapman. Kelajakda tarjimon bo‘lmoqchiman. Albatta, tarjimon birinchi navbatda o‘z yurti tarixini yaxshi bilishi kerak. Bu kitob boy tariximizni puxta o‘rganishimda asqotadi.

8.JPG

A.Isroilov (surat), O‘zA
3 529