O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 19:16 Chop etish versiyasi

Tarixda ilk marta Oʻzbekiston va Qozogʻiston ayollari oʻrtasida biznes forum oʻtkaziladi

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikalari oʻrtasidagi qoʻshnichilik munosabatlari, madaniy-maʼrifiy va iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Soʻzimizning dalili sifatida ertaga Toshkentda oʻtkaziladigan Qozogʻiston va Oʻzbekiston tadbirkor ayollarining biznes forumini keltirishimiz mumkin. Bugun mamlakatimizga Qozogʻiston Respublikasining Prezident huzuridagi ayollar va oila-demografik siyosat milliy komissiyasi raisi Gulshara Abdukalikova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Ertaga “Poytaxt“ biznes markazida Oʻzbekiston va Qozogʻiston tadbirkor ayollari oʻrtasida ilk bor biznes forum hamda qoʻshma kooperatsion birja tashkil etiladi va qoʻshma hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda. Hozirda Qozogʻiston Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiq sohasidagi ishlar tobora rivojlanib bormoqda. Madaniyati, dini va tarixi bir boʻlgan ikki qoʻshni davlat tadbirkor ayollarining birlashuvi tarixiy voqea. Toshkentda oʻtkaziladigan ilk biznes forum tafsilotlari, amaliy natijalari va forum mehmonlari bilan maxsus intervyular bilan sizni tanishtirib boramiz. Saytimizni kuzatishda davom eting.

OʻzA