Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.09.2017 12:50 Chop etish versiyasi

Targ‘ibot tadbirlari samaradorligini oshirish yo‘lida

Andijonda “Ma’rifat targ‘ibotchilari” jamiyatini shakllantirish hamda uning faoliyatini doimiy asosda yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Andijon viloyati hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda mutaxassislar, ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yuksaltirish, milliy qadriyat, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

– 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat boshqaruvi organlarining quyi bo‘g‘inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta’minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi raisining birinchi o‘rinbosari M.Quronov. – Shundan kelib chiqqan holda, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining mazmun-mundarijasini boyitish, ko‘lami va samaradorligini oshirish, tizimda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, xodimlar bilimini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ma’naviy targ‘ibot ishlari mutaxassislari, olimlar, ijodkorlar, ziyolilar jalb etilgan holda tashkil etilayotgan “Ma’rifat targ‘ibotchilari” jamiyati bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat dasturlari, qonun hujjatlari, farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning maqsad va mazmunini yoshlarga tushuntirish, terrorizm, aqidaparastlik, odam savdosi, “ommaviy madaniyat” va boshqa tahdidlarga qarshi samarali kurash olib borish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
1 149






Все о погоде - Pogoda.uz