Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.08.2017 18:09 Chop etish versiyasi

Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohi

Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohi Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Umid nihollari” bolalar oromgohida tashkil etilgan tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohida ayni paytda 100 ga yaqin o‘quvchi hordiq chiqarmoqda.

Og‘ir muhitda o‘sayotgan bolalar tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan tashkil qilingan oromgohga profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmagan o‘quvchilar jalb etilgan.

Oromgohda tarbiyaviy, ma’naviy-axloqiy, huquqiy tadbirlar o‘tkazish muntazam yo‘lga qo‘yilgan. “Psixologiya”, “Aktyorlik mahorati”, “Jamoatchilik oldida o‘zini tutish madaniyati” kabi mavzulardagi mashg‘ulotlar hamda motosport, karting, pnevmatik miltiqdan o‘q otish musobaqalari bolalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni sog‘lom muhitga qaytarishga xizmat qilmoqda.

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
3 243






Все о погоде - Pogoda.uz