Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.08.2017 15:27 Chop etish versiyasi

Taraqqiyotning muhim asosi

Jizzaxdagi “Jizzakh textile” tikuvchilik fabrikasida 2017-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyati kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasida mamlakatimiz taraqqiyotining kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari aniq belgilab berilgani ta’kidlandi. Harakatlar strategiyasining barcha yo‘nalishlarida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar inson huquq va erkinliklari, manfaatlarining to‘la ro‘yobga chiqishini ta’minlaydi, mamlakatimizning rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishida asosiy dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Partiya viloyat kengashi tomonidan ishlab chiqilgan ma’rifiy ishlar rejasi asosida Harakatlar strategiyasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbir ishtirokchilariga Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar haqida atroflicha tushuncha berildi.

“Jizzakh textile” tikuvchilik fabrikasi viloyatdagi yirik korxonalardan biridir. Germaniya, Italiya va Shveysariya kabi rivojlangan mamlakatlarning yuqori texnologiyalari bilan jihozlangan korxona yiliga 9 ming tonna ip-kalava va 4,6 ming tonna trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.

– Prezidentimizning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, targ‘ibot ishlarida yangicha yondashuvlarga alohida e’tibor qaratmoqdamiz, – deydi partiya viloyat kengashi matbuot kotibi U.Mustafoyev. – Tadbirlar qaysi korxona yo tashkilotda o‘tkazilayotgani hisobga olinib, ma’ruza va muloqotlarda ushbu jamoa hayotidagi aniq misollarga e’tibor qaratilayotgani tinglovchilar qiziqishini oshirmoqda. Ushbu tadbir ham Harakatlar strategiyasidagi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yo‘nalishida belgilangan vazifalarga muvofiq, korxonada erishilayotgan iqtisodiy samaraning aholi, jamoa a’zolari turmush farovonligini oshirishdagi ahamiyati bilan bog‘liq aniq misollar asosida o‘tkazildi.

Tadbirda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, partiya elektorati tomonidan aholi o‘rtasida olib boriladigan ma’rifiy ishlarning amaliy ahamiyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
2 223






Все о погоде - Pogoda.uz