Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2017 12:10 Chop etish versiyasi

Taraqqiyotimizning muhim yo‘nalishlari

Andijonda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, mahalliy Kengashlar deputatlari, partiya faollari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi mutaxassislari, jurnalistlar ishtirok etdi. Prezidentimizning joriy yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz barcha sohalari rivoji va xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

– Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni modernizatsiya qilish, jamiyatimizni liberallashtirish hamda xalqimiz farovonligini yuksaltirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari va ularni amalga oshirishning aniq mexanizmlari belgilab berilgan, – deydi partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Abdurashid To‘xtaboyev. – Ushbu vazifalar partiya faollari va deputatlar zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. Harakatlar strategiyasining har bir yo‘nalishini puxta o‘rganish, tahlil qilish jarayonida partiya va uning deputatlik korpusi, hududiy tashkilotlari, partiya faollari oldida turgan aniq chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.

Yig‘ilishda Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati va uning ahamiyatini partiya elektorati va keng jamoatchilikka tushuntirish, fuqarolarning mamlakat siyosiy-ijtimoiy hayotidagi faolligini oshirish, partiya faoliyatida xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
2 008






Все о погоде - Pogoda.uz