Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.08.2017 19:18 Chop etish versiyasi

Taraqqiyotimiz omili

Poytaxtimizda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan hamkorlikda Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston XDP markaziy kengashi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, «Taraqqiyot markazi» xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi vakillari, professor-olimlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari U.Vafoyev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Xo‘jayev va boshqalar yurtimizda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati izchillik bilan amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, insonparvarlik, fuqarolarga millati va e’tiqodidan qat’i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, bag‘rikenglik, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan. Davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini, mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlik hamda ahil qo‘shnichilik muhitini mustahkamlash, jahon hamjamiyatida yurtimizning nufuzini yanada oshirish yo‘lida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Bugungi kunda yurtimizda 138 milliy madaniy markaz, 34 do‘stlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saflarida 52 millat vakili bor.

Tadbirda mamlakatimizda turli millatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlilik hamda hamjihatlikni yanada mustahkamlash, uning qonuniy asoslarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 673






Все о погоде - Pogoda.uz