Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.02.2017 21:29 Chop etish versiyasi

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashining plenumi bo‘lib o‘tdi.

Plenumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda undan kelib chiqib, partiya tashkilotlari va uning deputatlik korpusi oldidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari J.Safoyev, Toshkent shahar kengashi raisi R.Qosimov va boshqalar bugun amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirish, barcha sohalarni izchil taraqqiy ettirish orqali xalqimizning hayot sifatini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda erishilgan natijalar qayd etilishi bilan birga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham atroflicha muhokama etildi. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida barcha darajadagi partiya tashkilotlari tashabbuskorlik bilan faoliyat ko‘rsatishlariga asosiy e’tibor qaratildi. Bunda yoshlarni ish bilan ta’minlash, iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlashning davlat hamda nodavlat tizimlarini rivojlantirish, ta’lim sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Plenumda partiya Toshkent shahar kengashining barcha tuman kengashlari va deputatlik guruhining 2016-yildagi faoliyati, erishilgan yutuqlar barobarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi, partiya tashkilotlari faoliyatini bugungi kun talablari darajasida kuchaytirish va sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi muhokama etildi.

Azima Qiyosova, O‘zA
630






Все о погоде - Pogoda.uz