Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.02.2017 16:56 Chop etish versiyasi

Tanqidiy tahlil samaradorlikni ta’minlaydi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashining 2016-yil faoliyati yakunlari va 2017-yildagi ustuvor vazifalari muhokamasiga bag‘ishlangan plenumi bo‘lib o‘tdi.

Plenumda Prezidentimizning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda partiya tashkilotlari va uning deputatlik korpusi oldidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Partiya viloyat kengashi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mingdan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi. Har bir tadbirni uyushtirishda ayollar va yoshlarni faol jalb qilish, uning haqqoniy va yuqori saviyada o‘tishiga alohida e’tibor qaratilgani aytib o‘tildi.

– Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qilayotir, – deydi partiya viloyat kengashi raisi M.Nazarov. – Bu jarayonda, islohotlar targ‘ibotida siyosiy partiyalarning ham o‘z o‘rni borligini inobatga olib, faoliyatimizni tanqidiy tahlil qildik. Bunda partiyaning boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati o‘rganilib, har bir a’zo bilan ochiq muloqot o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Partiyamiz saflarini siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan dunyoqarashi, bilim doirasi keng, mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan yetuk kadrlar bilan to‘ldirish, ularni tarbiyalash masalalari ko‘rib chiqildi.

Plenum kun tartibida hududlarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etishni yanada takomillashtirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari muhokamasiga yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni olib chiqish borasida fikr almashildi.

Ikrom Avvalboyev, O‘zA
496






Все о погоде - Pogoda.uz