Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.02.2017 16:43 Chop etish versiyasi

Tanqidiy tahlil – samaradorlik omili

Navoiyda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashining 2016-yil faoliyati yakunlari va 2017-yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda undan kelib chiqib, partiya tashkilotlari va uning deputatlik korpusi oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari J.Safoyev va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz turmush sharoitini yanada yaxshilashda yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

– Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida siyosiy partiyalarning rolini inobatga olib, faoliyatimizni tanqidiy-tahliliy tashkil etish asosiy vazifamizdir, – deydi partiyaning Navoiy viloyati kengashi raisi I.Rajabov. – Bunda partiya boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, har bir a’zo bilan ochiq muloqot o‘tkazish, partiyaning kelgusi rejalari haqida ularni keng xabardor qilish muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan mustahkam va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilsa, avvalo, badal tushumlarida chalkashlik va muammolar bo‘lmaydi.

Tadbirda partiyaning 2016-yilgi faoliyati tahliliy-tanqidiy muhokama etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ochiq aytildi. Xususan, ba’zi tumanlarda yil davomida deputatlik so‘rovlari amalga oshirilmagan, ayrim hududlarda boshlang‘ich partiya tashkilotlari soni ko‘payish o‘rniga kamaygan. Bundan tegishli xulosa chiqarish zarurligi ta’kidlandi. Zero, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida partiya tashkilotlaridan tashabbuskorlik ko‘rsatish, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida puxta o‘ylangan takliflar ishlab chiqishni zamon talab etmoqda.

Plenumda partiya deputatlarining shaxsiy javobgarligini oshirish, hududlarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish, xalqning dardini tinglash, sessiyalarga yechimini kutayotgan masalalarni olib chiqish borasida fikr almashildi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
2 013






Все о погоде - Pogoda.uz