Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.08.2017 16:12 Chop etish versiyasi

Tanqid va tahlil ruhida

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdagi plenumida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 12-iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan ma’ruzasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

– Davlatimiz rahbarining siyosiy partiyalar faoliyati haqida bildirgan har tomonlama asosli fikrlaridan kelib chiqib, plenumda o‘tgan davrdagi faoliyatimiz tanqidiy tahlil qilindi, – deydi O‘zMTDP viloyat kengashi raisi Sayfulla Mahmatmo‘minov. – Islohotlarni yanada chuqurlashtirish, milliy merosimiz va qadriyatlarimizni tiklash, ularni yanada boyitish, viloyatda turizmni rivojlantirish, bu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, mavjud qonunlar ijrosini nazorat qilish borasida kengash oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari tomonidan qonunlar, Prezident va hukumat qarorlari ijrosi ustidan deputatlik so‘rovlarini amalga oshirish, mansabdor shaxslarning hisobotini eshitish hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishiga taklif kiritishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani, ayrim deputatlarning o‘z vakolatidan to‘laqonli foydalanmasligi, ba’zi deputatlar partiya tashkilotlari bilan aloqani uzgani qayd etildi.

Shundan kelib chiqqan holda, mahalliy Kengashlarda partiya guruhining ijrochi kotibi lavozimini joriy etish, deputatlarning partiya tashkilotlari va o‘z saylovchilari bilan tizimli muloqotini yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda partiya guruhlari va partiya tashkilotlari rolini kuchaytirish, bu borada joylarda “viloyat-tuman” tartibida ishlaydigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish xususida fikr almashildi.

2017-yilning birinchi yarmida partiya guruhlari va deputatlar tashabbusi bilan xalq deputatlari mahalliy Kengash sessiyalariga partiya saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va elektorat manfaatiga doir 20 masala kiritilib, qarorlar qabul qilindi. Hisobot davrida 40 nafar mansabdor shaxsning hisoboti tinglanib, doimiy komissiyalar yig‘ilishida 34 taklif muhokama etildi. Fuqarolarning murojaatlari asosida 118 deputatlik so‘rovi amalga oshirildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA
1 874






Все о погоде - Pogoda.uz