Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.08.2017 13:55 Chop etish versiyasi

Tanqid va tahlil partiyalar faoliyatining bosh mezoni bo‘lmog‘i lozim

– Deputatlar faolligini oshirish zarur, – deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi raisi Abdulhamid Nurmatov. – Achchiq bo‘lsa-da, tan olish kerak, xalq deputatlari viloyat Kengashida faoliyat olib borayotgan 13, tuman va shahar Kengashlariga saylangan 145 deputatimizning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida, ayniqsa, joylarda aholini qiynayotgan muammolarni hal etishda faol ishtiroki sezilmayapti. Binobarin, ularning faoliyatini tanqidiy tahlil qilgan holda, partiya saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish lozim.

Andijonda "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” mavzusida o‘tkazilgan deputatlar forumida shular haqida so‘z yuritilib, Prezidentimizning joriy yil 12-iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan ma’ruzasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, partiyaning hududiy tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

“Mavjud imkoniyatlardan qay darajada foydalana oldik?” degan savol doirasida deputatlarning faoliyati tanqidiy va tahliliy ko‘rib chiqildi. Partiya yetakchilari, faollarining malakasini oshirish, bugungi kun talabiga javob bera oladigan kadrlar zaxirasini yaratish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Bu boradagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi.

Partiyaning targ‘ibot tadbirlari samaradorligini yanada oshirish, qabul qilinayotgan qonunlar, farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik hamda parlament nazoratini o‘rnatish, odamlarni o‘ylantirayotgan muammolarni deputatlik guruhlarida o‘rganish, ularni tuman, shahar, viloyat Kengashlari sessiyalariga olib chiqish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘lamini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir doirasida partiya a’zosi bo‘lgan hamda partiya ko‘magi bilan o‘z biznesini yuritayotgan hunarmand va tadbirkorlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
1 386






Все о погоде - Pogoda.uz