O‘zA O`zbek

24.03.2020 Chop etish versiyasi

TANLOV!!!

TANLOV!!!
Madaniyat vazirligi “Uydagi yulduzlar” tanlovini eʼlon qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Uydagi yulduzlar” tanlovini eʼlon qiladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Tanlov shartlari: karantin davrida uyingizda ijod bilan mashgʻul boʻlayotganingizni tasvirga olasiz va @mvforbot botiga ijod namunangizni yuborasiz, tanlovda yosh chegaralanmagan, barcha Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Har bir yoʻnalishning gʻolibi 2 000 000 soʻmdan pul mukofotini qoʻlga kiritadi. Tanlov 25-martdan 25-aprelga qadar davom etadi.

Tanlovning yoʻnalishlari:

1. “Eng yaxshi cholgʻu ijrochisi”

2. “Eng yaxshi xonanda” (maqom, baxshi, estrada va opera yoʻnalishlari boʻyicha)

3. “Eng yaxshi raqs ijrochisi”

4. “Eng yaxshi rassom”

5. “Eng yaxshi xunarmand” tanlanadi va taqdirlanadi.

4 639
OʻzA