Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.09.2018 18:00 Chop etish versiyasi

Taniqli jurnalist Sharof Ubaydullayev “Nuroniy” jamgʻarmasi raisining oʻrinbosarligiga saylandi

Taniqli jurnalist Sharof Ubaydullayev “Nuroniy” jamgʻarmasi raisining oʻrinbosarligiga saylandi
2018-yil 12-sentyabr kuni Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik Kengashining kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Vasiylik Kengashi raisi A.Abduhakimov, jamgʻarmaning Respublika boshqaruvi masʼullari, Vasiylik Kengashi aʼzolari va faollar ishtirok etdilar.

Majlis kun tartibida “Nuroniy” jamgʻarmasi Respublika boshqaruvi raisining oʻrinbosarini saylash masalasi koʻrib chiqildi.

Muhokamalardan soʻng koʻpchilik ovoz bilan ushbu lavozimga taniqli jurnalist Sharof Ortiqovich Ubaydullayev nomzodi loyiq deb topildi.

OʻzA
935