O‘zA O`zbek

20.05.2019 Chop etish versiyasi

Taniqli jurnalist Baxtiyor Mansurov olamdan o‘tdi

Taniqli jurnalist Baxtiyor Mansurov olamdan o‘tdi

Baxtiyor Mansurov 1946 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi. 1963 yildan beri O‘zbekiston Milliy axborot agentligida turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan. U o‘zining samarali ijodiy faoliyati davrida “To‘lin oy chiqqan kecha”, “Hayot – bu sinov”, “Odamiylik o‘lmasin”, ”Savob umidida”, “Oqibat” kabi o‘nlab kitoblar yozgan.

Bugungi kunda uning o‘nlab shogirdlari respublikamizning turli ommaviy axborot vositalari hamda qator idora va muassasalarida samarali mehnat qilmoqda. 
Jurnalistning oila a’zolari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

1 722
O‘zA